
Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida bo‘lib o‘tayotgan VI Islom birdamligi o‘yinlarining navbatdagi kunida O‘zbekiston delegatsiyasi jami 11 ta medalni qo‘lga kiritdi. Sportchilar 3 ta oltin, 4 ta kumush va 4 ta bronza medallarga sazovor bo‘ldi.
20-noyabr kungi bahslarda yengil atletikachi Anvar Anvarov uzunlikka sakrash bahslarida eng yaxshi natijani qayd etib, oltin medal sohibiga aylandi. Qilichbozlik dasturida ham muvaffaqiyatli ishtirok etgan erkaklar va ayollar terma jamoasi delegatsiya hisobiga yana ikkita oltin medalni qo‘shib qo‘yishdi.

Kumush medallar ayollar kurashi vakilasi Svetlana Oqnazarova (-68 kg) va yengil atletika bo‘yicha ko‘pkurash ustasi O‘g‘iloy Norboyevaga nasib etdi. Qilichbozlik bo‘yicha bahslarda ham o‘zbekistonlik atletlar finalgacha yetib borib, hal qiluvchi bahsda imkoniyatni boy bergan holda ikkinchi o‘rinni egallashdi.

Delegatsiya g‘aznasiga bronza medallarini erkin kurash ustalari olib kelishdi. G‘ulomjon Abdullayev (-57 kg) va Umidjon Jalolov (-65 kg) o‘z vazn toifalarida uchinchi o‘rinni band etishdi. Ayollar kurashida Nigina Sobirova (-62 kg) hamda para yengil atletika bo‘yicha nayza uloqtirish bahslarida Natalya Semyonova bronza medali bilan taqdirlandi.
Avvaalroq Kursiv Uzbekistan 19-noyabr kungi bahslarda O‘zbekiston delegatsiyasi to‘rtta medal qo‘lga kirigani haqida xabar bergan edi.