Braziliyada BMTning iqlim sammiti paytida yong‘in sodir bo‘ldi — video

eʼlon qilindi
13 kishi tutundan zaharlangan
Foto: NBC News

Braziliyaning Belem shahrida o‘tayotgan BMT’ning COP30 iqlim o‘zgarishi bo‘yicha muzokaralari paytida yong‘in chiqqani sababli odamlar evakuatsiya qilindi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Hodisa muzokaralarning yakuniy bosqichiga to‘g‘ri kelib, kelishuvga erishish jarayonini to‘xtatdi. Tadbir binosi vaqtincha yopildi. Yong‘indan keyin katta vahima yuzaga kelgan va BMT xavfsizlik xodimlari barchani binoni tark etishga chaqirgan. Olov 6 daqiqada o‘chirilgan, biroq 13 kishi tutundan zaharlangan bo‘lishi mumkin.

«Olov devorlarga va shiftga ko‘tarilayotgan edi. Odamlar baqirishardi», — dedi yong‘in sodir bo‘lgan joyda bo‘lgan doktor Harshita Umesh.

Yong‘in sababi hozircha noma’lum. Guvohlardan biri voqeaga elektr nosozligi sabab bo‘lgan deb taxmin qilmoqda. BMT ma’lum qilishicha, o‘t o‘chirish xizmati xavfsizlikni baholash uchun binoni tekshirmoqda. Yong‘in sababli bir qator mamlakat delegatsiyalari tashqarida boshpana olishga majbur bo‘lgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Yangi Zelandiyada «Uzuklar hukmdori» suratga olingan bog‘da yong‘in chiqqani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek