
BYD kompaniyasi tomonidan Guangzhou ko‘rgazmasida BYD Yangwang U9 Xtreme superkari taqdim etildi. Bu haqda CarNewsChina xabar bermoqda. U 3000 ot kuchiga ega.
Modelning eng yuqori tezligi 496,22 km/soatga yetgan. Nürburgring yo‘lida esa 6 daqiqa 59,157 soniya natija qayd etgan.
Yangwang U9 Xtreme aerodinamik ko‘rinishga ega. Kapot qismida ikki tomonlama o‘tuvchi havo yo‘llari bor. Old bamperda kattalashtirilgan karbon spoyler joylashgan. Bu detal mashinaning tezlikda barqaror qolishiga yordam beradi.

Yon tomonlarda kengaytirilgan qanotchalar mavjud. Model 20 dyuymli ikki besh qirrali disklar bilan jihozlangan. Shinalar Giti bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan. Ular 500 km/soat tezlikka chidaydi. Mashinada titan tormoz kaliperi va takomillashtirilgan karbon-keramik tormoz tizimi bor.
Orqa qismda yirik karbon spoyler va ikki qavatli diffuzor o‘rnatilgan.

Yangwang U9 Xtreme BYD’ning e⁴ aqlli to‘rt g‘ildirakli haydov tizimi va DiSus-X aktiv osma texnologiyasiga ega. Har bir g‘ildirak alohida boshqariladi. Osma tizimi ko‘tarilish va tushishni mustaqil ravishda tez bajaradi.
Model 1200 V kuchlanishli platformada ishlaydi. Undagi to‘rt motor umumiy 2220 kVt quvvat beradi. Bu 2977 ot kuchiga teng. Og‘irlikka nisbatan quvvat ko‘rsatkichi har bir tonnaga 1217 ot kuchi bo‘ladi. Mashinada yangi trek darajasidagi Blade Battery o‘rnatilgan. U 30C darajadagi tezkor energiya berishni ta’minlaydi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri BYD Denza Z9 avtomobili taqdim etilgani haqida yozgan edi.