Yangiliklar

Dafn etish ishlarini raqamlashtirish joriy qilinadi

Ilovadan QR-kodli ma’lumotnomani bepul olish mumkin bo‘ladi
Dafn etish ishlarini raqamlashtirish joriy qilinadi / Foto: Fornited

Hukumat qaroriga muvofiq, vafot etgan shaxslarni dafn etish va ro‘yxatga olish jarayoni raqamlashtiriladi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, yangi elektron xizmatlar orqali ushbu jarayonlar monitoring qilinadi va «FHDYOning yagona elektron arxivi» tizimida «Dafn etish ishlarini ro‘yxatga olish yagona elektron daftari» moduli hamda uning mobil ilovasi ishlab chiqiladi.

2026-yil 1-martdan vafot etgan shaxsning ota-onasi, eri yoki xotini va farzandlari shaxsiy kabinetlari orqali QR-kodli ma’lumotnoma bepul olishlari mumkin. Bu ma’lumotnoma gerbli guvohnomaga tenglashtiriladi.

2026-yil 1-iyuldan 31-dekabrgacha Toshkent shahrida eksperiment sifatida qabriston mudirlari va nazoratchilari dafn etish ishlarini faqat elektron modul yoki mobil ilova orqali amalga oshirishadi; qog‘oz shaklida ro‘yxatga olish tartibi bekor qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Yoshlar daftari» orqali «prava» olish xarajatlari davlat hisobidan qoplanishi haqida yozgan edik.