Koinot go‘zali 2025: Meksika vakilining janjallar ortidan erishgan g‘alabasi

eʼlon qilindi
Uning g‘alabasi mazkur mavsumdagi eng shov-shuvli janjallardan biri bo‘ldi
Koinot go‘zali 2025: Meksika vakilining janjal va haqoratlar ortidan g‘alabasi
Koinot go‘zali 2025: Meksika vakilining janjallar ortidan erishgan g‘alabasi / Foto: CNN

Tailandda o‘tkazilgan «Koinot go‘zali – 2025» tanlovida Meksika vakili Fotima Bosh g‘olib bo‘ldi, deb xabar bermoqda CNN. Uning g‘alabasi mazkur mavsumdagi eng shov-shuvli janjallardan biriga aylandi.

Final arafasida shou direktori Navat Itsaragrisil meksikalik ishtirokchini omma oldida haqorat qildi. U qizga baqirib, tadbirni o‘tkazib yuborgani uchun «ahmoq» deb atadi va uni zaldan chiqarib yuborishni talab qildi. Bosh «o‘zi bilan bunday gaplashishga yo‘l qo‘ymasligini» aytib, yig‘ilishni tark etdi.

Shundan so‘ng hodisa katta norozilik to‘lqinini keltirib chiqardi. Ko‘plab ishtirokchilar Fotima bilan birdamlik belgisi sifatida chiqib ketdi. Keyinchalik uni haqorat qilgan tashkilotchi omma oldida kechirim so‘radi.

Nashrga ko‘ra, janjalga «Koinot go‘zali – 1996» unvoni egasi Alisiya Machadoning Navatni omma oldida kamsitgan irqchilik bayonotlari ham qo‘shilgan. Bundan tashqari, ikki hakam natijalar e’lon qilinishidan bir necha kun oldin to‘satdan tanlovni tark etgan. Ulardan biri so‘ngra tashkilotchilarni natijalarni soxtalashtirishda aybladi.

Eslatib o‘tamiz, 2024-yilning «Koinot go‘zali» tanlovida daniyalik Viktoriya Kjaer g‘olib bo‘lgandi. Unga ko‘ra, Viktoriya «Koinot go‘zali» tanlovida birinchi daniyalik g‘olib bo‘lib, Mexiko shahrida o‘tkazilgan finalda 120 dan ortiq ishtirokchilarni ortda qoldirdi.

Shuningdek