Gadjetlar

Oppo K15 Turbo Pro qanday xususiyatlarga ega bo‘ladi

Modelga suvga chidamli ventilyator joylangan
Oppo K15 Turbo Pro qanday xususiyatlarga ega bo‘ladi / Foto: Oppo

Digital Chat Station insayderi Oppo K15 Turbo Pro smartfonining prototipi bilan tanishdi. Bu haqda Gizmochina ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, modelda miniatur suvga chidamli ventilyator mavjud. Odatda bunday ventilyatorlar yuqori darajadagi o‘yin modellari uchun mo‘ljallangan, ammo Oppo K15 Turbo ular qatoriga kirmaydi, chunki prototip asosida Snapdragon 8 Gen 5 chipi yotibdi. Bunday ventilyator Oppo K13 Turbo Pro modelida ham joylangan.

Oppo K15 Turbo Pro 6,78 dyuymli, 1,5K OLED ekranga ega bo‘lib, batareya sig‘imi taxminan 8000 mA·soatni tashkil qiladi. Kameralar QR-kodlarni skanerlash uchun yetarlicha yaxshi darajada bo‘lib, fotosurat imkoniyatlariga urg‘u berilmagan.

Asosiy element Snapdragon 8 Gen 5 chipi va u Oppo K13 Turbo Pro’dagi 8s Gen 4’ni o‘rnini bosadi. Oppo kelajakda boshqa modellarga ham faol sovutish tizimini joriy etilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Oppo Reno15 Pro va Oppo Reno15 smartfonlari taqdim etilgan edi.