Oylik 1000 dollardan boshlanadi: o‘zbekistonliklar Bolgariyaga ishga taklif qilinmoqda

eʼlon qilindi
Nomzodlarda shu sohada ish tajribasi va rus tilini muloqot darajasida bilish talabi qo‘yilgan
quruvchi qurilish
Oylik 1000 dollardan: o‘zbekistonlik quruvchilar Bolgariyaga ishga taklif qilinmoqda / Foto: depositphotos

Globalhr xususiy bandlik agentligi Bolgariyada qurilish yo‘nalishida ishlashni istaganlar uchun bo‘sh ish o‘rinlarini taklif qildi. Bu haqda Migratsiya agentligi rasmiy sahifasida ma’lumot berdi.

Unga ko‘ra, ishchilar burg‘ulash, elektrik-elektronika va payvandlash yo‘nalishlari bo‘yicha tanlanadi. Nomzodlarda shu sohada ish tajribasi va rus tilini muloqot darajasida bilish talabi qo‘yilgan. Suhbatlar noyabr–dekabr oylarida onlayn tarzda o‘tkaziladi.

Ish joyi Bolgariyaning Sofiya shahrida joylashgan bo‘lib, 45 yoshgacha bo‘lgan, qurilish tajribasiga ega erkaklar tanlovda qatnashishi mumkin. Oylik maosh $1000 dan boshlanadi va malakaga qarab oshadi. Ish haftada 5 kun, 8 soat davom etadi. Ishchilarga turar joy, aviachipta, ishchi vizasi, tibbiy va ijtimoiy sug‘urta ish beruvchi tomonidan ta’minlanadi.

Suhbatda ishtirok etish uchun globalhruz havolasi orqali ro‘yxatdan o‘tish mumkin.

Avvalroq o‘zbekistonlik haydovchilar Germaniyaga ishga taklif qilinayotgani haqida xabar qilingandi. Unga ko‘ra, Migratsiya agentligi Germaniyaning SBH West GmbH tashkiloti bilan hamkorlikda avtobus va og‘ir yuk avtomobillari haydovchilari uchun keng ko‘lamli ish va malaka oshirish dasturini e’lon qildi. Dastur doirasida 300 nafar nomzod Germaniya bo‘ylab faoliyat yuritadigan transport kompaniyalarida ishga jalb etiladi.

Shuningdek