
O‘zbekistonning barcha viloyatlarida piyodalar harakati uchun qulay, xavfsiz va sayyohlar uchun jozibador muhit yaratish maqsadida avtomobildan xoli hududlar tashkil etiladi. Bu haqda Turizm qo‘mitasi xabar berdi.
HUshbu hududlarda avtomobillarsiz zonalar kengaytirilmoqda:
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahridagi «Do‘stlik» dam olish zonasi;
- Andijon viloyati Istiqlol, O‘rikzor, Sarikuy ko‘chalari;
- Jizzax viloyati Zargarlik MFY, Sindor Hamroqulov ko‘chasi, Hamid Olimjon va Zulfiyaxonim muzeyi atrofi;
- Namangan viloyati Obi hayot MFYdagi Usmon Nosir va Lutfiy ko‘chalari;
- Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tarixiy maydoni, Miraki turistik markazi, Qarshidagi Mustaqillik ko‘chasi;
- Sirdaryo viloyati Gulistondagi Alisher Navoiy ko‘chasining 0,72 km qismi;
- Toshkent shahrining Mirobod tumanidagi Taras Shevchenko ko‘chasi;
- Toshkent viloyatining Oybek mahallasi va Qorasuv MFYdagi yo‘laklar, Angrenning «Bunyodkor» ko‘chasi;
- Navoiy viloyati Yangi O‘zbekiston bog‘i, Sarmishsoy qo‘riqxonasi, Yoshlik ko‘li atrofi;
- Surxondaryo viloyati Termiz shahridagi Alisher Navoiyning ichki yo‘li;
- Xorazm viloyati Xivadagi 24,5 gektarlik «Arda Xiva» turistik majmuasi.
Oldinroq bu kabi hududlar ayrim viloyatlarda yo‘lga qo‘yilgandi. Jumladan, Buxoro shahrida Toqi Telpakfro‘shon madaniy meros obyektidan Ark qo‘rg‘oni avtoturargohigacha bo‘lgan yo‘lak, Andijonning Xonobod shahri, Farg‘ona shahridagi Islon Karimov nomidagi san’at saroyi atrofi, «Eko shahar» bog‘i va Marg‘ilonning Erkin Vohidov bog‘i, shuningdek Qo‘qonning O‘rda maydoni va «Istiqlol turizm ko‘chasi» to‘liq avtomobilsiz hududga aylantirildi.
Samarqand viloyatining «Konigil» turizm qishlog‘ida 2,5 km lik piyodalar hududi tashkil qilindi. Shuningdek, Registon maydonidan Shohi Zindaga olib boradigan 1,5 km uzunlikdagi Islom Karimov ko‘chasi ham endi faqat piyodalar uchun mo‘ljallangan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Shota Rustaveli ko‘chasida harakatlanish bo‘yicha yo‘riqnoma chiqarilgani haqida yozgandi.