Raqobat qo‘mitasi restoran va kafelarni qo‘shimcha to‘lovlar bo‘yicha ogohlantirdi

eʼlon qilindi
Ayrim restoran va kafelarda 10–20 foizgacha qo‘shimcha xizmat haqi undirilmoqda
Navoiyda o‘zbek tilida taomnomasi bo‘lmagan ovqatlanish maskaniga ish qo‘zg‘atildi
Raqobat qo‘mitasi restoran va kafelarni qo‘shimcha xizmat haqi bo‘yicha ogohlantirdi / Foto: rilueda / depositphotos

Raqobat qo‘mitasi ayrim restoran va kafelarda taom narxidan tashqari 10–20 foizgacha qo‘shimcha xizmat haqi undirilayotgani va oldindan depozit talab qilinayotgani bo‘yicha murojaatlar ko‘payganini ma’lum qildi.

Qo‘mita umumiy ovqatlanish korxonalari faoliyatida belgilangan tartibga rioya qilishni eslatmoqda. «Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi qonunga ko‘ra, iste’molchi tovar va xizmatlar haqida to‘liq ma’lumot olishga, sifatli xizmat talab qilishga haqli. Korxonalar esa qo‘shimcha xizmatni majburan taklif qilish yoki ko‘rsatilmagan xizmat uchun haq olishga haqli emas.

Shu sababli Raqobat qo‘mitasi barcha ovqatlanish korxonalarini mijozlarga oldindan to‘liq ma’lumot berish, qo‘shimcha to‘lovlarga majburlamaslik va xizmat shaffofligini ta’minlash bo‘yicha ogohlantirdi.

Avvalroq qo‘mita mobil aloqa operatorlarining xizmat narxlarini oshirishi yuzasidan o‘rganishlar boshlanganini ma’lum qilgandi.

Unga ko‘ra, narx oshirishining asosli sabablarini aniqlash uchun joriy yilning noyabr oyi boshida operatorlarga rasmiy so‘rovlar yuborilgan. Hozirda ular xizmat sifati va qamrovni kengaytirish bo‘yicha qilinayotgan xarajatlarning narxlarga ta’siri haqida taqdim etgan ma’lumotlar ko‘rib chiqilmoqda.

Shuningdek