
Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida o‘tkazilgan VI Islom birdamligi o‘yinlarida o‘zbekistonlik atletlar jami 96 medal — 29 ta oltin, 35 ta kumush va 32 ta bronza bilan umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda Sport vazirligi ma’lum qildi.
O‘yinda jami 155 ta medal bilan Turkiya birinchi o‘rinni egalladi. Eron esa 81 ta medal jamg‘argan holda kuchli uchlikni yakunlab berdi. To‘rtinchi va beshinchi o‘rinlarni musobaqaga mezbonlik qilgan Saudiya Arabistoni (56 ta medal) va Misr (45 ta medal) band etdi.

Shuningdek, Qozog‘iston 56 ta, Bahrayn 33 ta, Nigeriya 30 ta, Marokash 26 ta hamda Ozarbayjon 55 ta medallar shodasi bilan VI Islom birdamligi o‘yinlaridagi kuchli o‘ntalik reytingdan o‘rin egalladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq ikki o‘zbekistonlik shaxmatchi Jahon kubogi yarim finaliga chiqqani haqida xabar bergan edik.