Termizda 18 yoshli talaba binoning 14-qavatidan o‘zini tashlab vafot etdi — video

eʼlon qilindi
Hozirda Termiz shahar prokuraturasi tergovga qadar tekshiruv harakatlarini olib bormoqda
ko‘p qavatli uy
Termizda 18 yoshli talaba binoning 14-qavatidan o‘zini tashlab vafot etdi / Foto: depositphotos

Termizda 18 yoshli talaba binoning 14-qavatidan o‘zini tashlab vafot etdi. Bu haqda Milliy telekanalining «Millar» dasturida xabar berildi.

Unga ko‘ra, joriy yil 19-noyabr kuni soat 16:00 lar atrofida Termiz shahridagi ko‘p qavatli uylarning birida 2007-yilda tug‘ilgan talaba yigit 14-qavatdan o‘zini tashlagan. U yiqilish oqibatida olgan tan jarohatlari sababli voqea joyida halok bo‘lgan.

Video: «Millar»

Bosh prokuror matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning ma’lum qilishicha, hozirda hodisa yuzasidan Termiz shahar prokuraturasi tergovga qadar tekshiruv harakatlarini olib bormoqda.

Avvalroq Olmazorda 50 yoshli erkak 10-qavatdan sakrab halok bo‘lgani xabar qilingandi. Qo‘shnilarining aytishicha, u aslida Qoraqalpog‘istondan bo‘lib, turmush o‘rtog‘i bilan ijarada yashagan. Fojia sodir bo‘lishidan oldin er-xotin o‘rtasida janjal chiqqani aytilmoqda.

Shuningdek