Yangiliklar

Xorazmga 10 ta yangi elektrobus olib kelindi

Qozog‘istonda ishlab chiqarilgan Falcon Murat Adilkhan rusumidagi
Xorazmga 10 ta yangi elektrobus olib kelindi
Xorazmga 10 ta yangi elektrobus olib kelindi / Foto: ijtimoiy tarmoq

Xorazm viloyatiga Qozog‘istondan 10 ta yangi elektrobus olib kelindi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.

Vazirlikka ko‘ra, «Yangiariq trans» MChJ tomonidan Qozog‘istonda ishlab chiqarilgan Falcon Murat Adilkhan rusumidagi 10 dona elektrobus viloyatga keltirildi.

Hozirda elektrobuslar bo‘yicha hujjatlarni rasmiylashtirish ishlari yakunlanmoqda. Shundan so‘ng ular belgilangan yo‘nalishlarda aholiga xizmat ko‘rsatishni boshlaydi.

Bugungi kunda Urganch shahrida oltita yo‘nalishda «Bunyod yo‘lovchi tashish» MChJ tomonidan Xitoyda ishlab chiqarilgan 80 dona avtobus yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatmoqda.

Bundan oldin Toshkentdagi 12 ta yo‘nalish bo‘yicha yangi elektrobuslar harakat boshlagani xabar qilingandi. Unga ko‘ra, Xitoyda ishlab chiqarilgan 202 dona Yutong rusumli elektrobuslar poytaxtda ikkita bosqichda harakatlanmoqda.