
Jetour G700 Ring Tower Edition avtomobili Gvangchjou ko‘rgazmasida namoyish qilindi. Model faqat Xitoy bozoriga mo‘ljallangan. U standart G700 asosida yaratilgan, lekin kuchaytirilgan yo‘ldan tashqari paket va o‘ziga xos dizayn elementlariga ega.
Old qismda massiv bamper va keng radiator panjarasi bor. Optika butun kenglik bo‘ylab cho‘zilgan. Yon ko‘rinishda avtomobil keskin chiziqlarni saqlagan. Arkalari kengaytirilgan. U 18 dyuymli off-road g‘ildiraklar bilan jihozlangan. Osma tizimi 64 rejimli adaptiv amortizatorlarga ega. Orqa tomonda tashqi zapaska va ikki nuqtali tortish ilgaklari bilan mustahkam bamper joylashgan.
Multimedianing yirik ekrani markazda turadi. Tunelda esa simsiz quvvatlash joyi va aylanma selektor mavjud.
Ring Tower Edition Kunpeng Super Hybrid CDM-O gibrid tizimi bilan jihozlangan. Unda 2 litrli turbomotor (155 kVt) mavjud. Umumiy quvvat 560 kVt bo‘ladi. Aylanish momenti esa 795 Nm ga yetadi. Masofa CLTC bo‘yicha 1400 km ga teng. Modelda joyida burilish va suvda uzoq harakatlanish imkoniyati bor.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri 17 ming dollarlik Jetour Traveller 2026 avtomobili taqdim etilgani haqida yozgan edi.