
Oʻzbekistonda 22 – 23-noyabr kunlari 20 ta tijorat banki oʻzining ayrim filiallarida valyuta ayirboshlash xizmatlarini davom ettiradi. Bu haqda Markaziy bank axborot xizmati ma’lum qildi.
Markaziy bank dam olish kunlari ishlaydigan bank boʻlimlari roʻyxatini e’lon qildi. Ularda nafaqat valyuta ayirboshlash, balki pul oʻtkazmalari xizmatlari ham koʻrsatiladi.
BRB;
SQB;
Filiallarning ish vaqti bankdan bankka farq qilishi mumkin. Shu sababli aniq ma’lumotni bevosita tegishli tijorat bankidan olish tavsiya etiladi.
Shuningdek, dam olish kunlari 24/7 rejimida ishlaydigan avtomatlashtirilgan valyuta ayirboshlash bankomatlari orqali yoki tijorat banklarining mobil ilovalari yordamida ham kunning istalgan vaqtida valyuta sotib olish yoki sotish imkoniyati mavjud.