“Neftchi” 24 yildan so‘ng yana mamlakat chempionligini qo‘lga kiritdi

22-noyabr 2025 18:18 eʼlon qilindi

Mirjalol Norqobilov

Mirjalol Norqobilov

Yangiliklar muharriri m.norqobilov@kursiv.media
Foto: PFL

O‘zbekiston Superligasining 29-turi doirasida «Neftchi» o‘z maydonida «Qizilqum»ni 4:1 hisobida mag‘lub etib, 2025-yilgi mavsum chempionligini muddatidan oldin qo‘lga kiritdi.

Ushbu g‘alaba farg‘onaliklarga 64 ochko to‘plash imkonini berdi va turnir jadvalida peshqadamlikni qo‘ldan chiqarmaslikka xizmat qildi. Eng yaqin ta’qibchi «Paxtakor» hisobida 59 ochko bor.

Farg‘onaliklar gollarini Alisher Odilov (3- va 19-daqiqalar), Jamshid Iskanderov (66-daqiqa) va Ibrohimhalil Yo‘ldoshev (87-daqiqa) kiritdi. «Qizilqum»ning yagona goliga 60-daqiqada Shohruz Norhonov mualliflik qildi.

«Neftchi» O‘zbekiston chempionligi bo‘yicha natijalarini oltiga yetkazdi. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha klub «Paxtakor»dan keyin ikkinchi o‘ringa chiqib oldi. Toshkent klubi 16 marta O‘zbekiston chempioni bo‘lgan.

Shuningdek, «Bunyodkor» 5 marta, «Lokomotiv» va «Do‘stlik» 2 martadan, MHSK, «Navbahor» va «Nasaf» esa 1 martadan zafar qozongan.

Eslatib o‘tamiz, 2026-yilgi mavsumda «Neftchi» jamoasi Osiyo Elit ligasida, «Paxtakor» jamoasi esa OCHL-2 da O‘zbekiston nomidan qatnashadi.

Avvalroq «Kursiv» O‘zbekiston milliy terma jamoasi BAAda o‘tgan «Al Ain International Cup» finalida Erondan ustun kelib, musobaqa g‘olibiga aylangani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek