Yangiliklar

Apple Music 2025-yilning eng yaxshi 50 ta K-pop qo‘shig‘ini e’lon qildi — birinchi o‘rin Blackpink’niki

Blackpink guruhining «Jump» qo‘shig‘i joy oldi
Foto: Ditto Music

Apple Music striming platformasi 2025-yilning eng yaxshi 50 ta K-pop qo‘shig‘i reytingini taqdim etdi. Ro‘yxatning cho‘qqisidan Blackpink guruhining uch yillik tanaffusdan keyingi ilk qo‘shig‘i – «Jump» joy oldi.

Iyul oyida taqdim etilgan ushbu dans-pop trek kollektivning yaqinlashayotgan uchinchi studiyaviy albomiga kiradi. Klip esa allaqachon 200 milliondan ortiq ko‘rish yiqqan.

Ikkinchi o‘rinni «K-pop-ovchi qizlar» animatsion filmidagi to‘qima guruh Huntr/x ijro etgan Golden egalladi. Ushbu saundtrek Spotify’ning global K-pop chartida rekord darajada uzoq – 71 kundan ko‘proq vaqt davomida yetakchilik qilgan. Avvalgi rekord esa BTS a’zosi Jungkook’ning Seven treki nomiga tegishli edi. Golden yaqinda Gremmi mukofotiga nomzod bo‘ldi, film esa Netflix tarixidagi eng ko‘p tomosha qilingan animatsiyaga aylandi.

Uchinchi pog‘onaga esa aespa guruhining Rich Man treki joylashdi. Sentabrda taqdim etilgan qo‘shiq uchun videoklip chiqarilgan, keyinchalik uning inglizcha versiyalari ham taqdim etildi.

Apple Music’ning Kpopworld: Best of 2025 to‘liq ro‘yxati quyidagicha:

  1. Blackpink — «Jump»
  2. Huntr/x — «Golden»
  3. aespa — «Rich Man»
  4. Jennie — «Like Jennie»
  5. Meovv — «Burning up»
  6. Cortis — «FaSHioN»
  7. Allday Project — «Famous»
  8. Illit — «Do the Dance»
  9. Boynextdoor — «Hollywood»
  10. Hearts2Hearts — «Focus»
  11. j-hope, GloRilla — «Killin It Girl»
  12. Nmixx — «Blue Valentine»
  13. Ive — «XOXZ»
  14. KiiiKiii — «Dancing Alone»
  15. Kiss of Life — «Lips Hips Kiss»
  16. Stray Kids — «Ceremony»
  17. Babymonster — «We Go Up»
  18. Twice — «Me+You»
  19. Enhypen — «Bad Desire»
  20. Katseye — «Gabriela»
  21. Jisoo & Zayn — «Eyes Closed»
  22. NCT WISH — «Color»
  23. Le Sserafim, j-hope — «Spaghetti»
  24. Jin — «Don’t Say You Love Me»
  25. Seventeen — «Thunder»
  26. Qwer — «T.B.H»
  27. Riize — «Fly Up»
  28. izna — «Mamma Mia»
  29. G-dragon, Anderson .Paak — «Too Bad»
  30. Tws — «Overdrive»
  31. Fifty Fifty — «Pookie»
  32. fromis_9 — «Like You Better»
  33. Treasure — «Paradise»
  34. Jeon Somi — «Closer»
  35. Ateez — «In Your Fantasy»
  36. KickFlip — «My First Love Song»
  37. AtHeart — «Plot Twist»
  38. Mark — «1999»
  39. NCT Dream — «BTTF»
  40. Rescene — «Deja Vu»
  41. (G)i-dle — «Good Thing»
  42. Itzy — «Girls Will Be Girls»
  43. TXT — «Beautiful Strangers»
  44. Stayc — «Bebe»
  45. Artms — «Icarus»
  46. Zerobaseone — «Blue»
  47. Young Posse — «Freestyle»
  48. Viviz — «La La Love Me»
  49. Baby dont Cry — «F Girl»
  50. tripleS — «Are You Alive»

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Apple Music so‘nggi 10 yildagi eng ko‘p tinglangan qo‘shiqlarni e’lon qilgani haqida yozgandi.