Maxachqal’adan O‘zbekistonga aviareyslar soni ko‘payadi

eʼlon qilindi
3-dekabrdan boshlab
Foto: Airlines Inform

«Red Wings» aviakompaniyasi 2025-yil noyabr–dekabr oylaridan boshlab Maxachqal’adan O‘zbekistonga parvozlar sonini oshiradi. Bu haqda RIA Dagestan nashri ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, 3-dekabrdan boshlab Maxachqal’adan Urganchga chorshanba va shanba kunlari muntazam reyslar yo‘lga qo‘yiladi. Shuningdek, aviakompaniya Maxachqal’adan Buxoro, Toshkent va Namanganga amalga oshirib kelayotgan parvozlarni davom ettiradi.

Aviakompaniya yangi yo‘nalishlar yo‘lovchilarga safarlarni qulay rejalashtirish imkonini berishini ma’lum qildi.

Avvalroq «Kursiv» nashri Oʻzbekiston aeroportlarida yoʻlovchilar oqimi 14 foizga oshgani haqida yozgandi.

Shuningdek