O‘zbekistonda hafta davomida qanday ob-havo bo‘ladi

eʼlon qilindi
Havo o‘zgaruvchan bo‘lib, deyarli barcha hududlarda yog‘ingarchilik kuzatilmaydi
Прогноз погоды в Узбекистане на 24 октября
Foto: Tasha Kostyuk / Unsplash

O‘zbekiston hududida hafta davomida havo o‘zgaruvchan bo‘lib, deyarli barcha hududlarda yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Shamol asosan sharqdan esadi, ba’zi viloyatlarda tuman tushishi mumkin. Harorat kundan-kunga biroz pasayib boradi, ammo kunlik ko‘rsatkichlar hali ham iliq chegaralarda qolmoqda.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati

Hududda havo barqaror va quruq bo‘ladi. 25-26 noyabr kunlari kechalari 0–5 daraja iliq, ayrim joylarda 2 daraja sovuq kuzatilishi mumkin. Kunduzgi harorat 12–17 daraja atrofida bo‘ladi. 27-28 noyabrda kechalari 3 daraja sovuq – 2 daraja iliq, kunduzlari esa 10–15 darajadan 8–13 darajagacha pasayadi.

Buxoro va Navoiy viloyatlari

Hafta davomida havo o‘zgaruvchan, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi. 25 – 27 noyabr oralig‘ida kechalari 0–5 daraja iliq, kunduzlari 13–18 daraja bo‘ladi. 28 noyabrda esa kechalari 3 daraja sovuq – 2 daraja iliq, kunduzlari 10–15 daraja atrofida bo‘lishi kutilmoqda.

Toshkent, Samarqand, Sirdaryo va Jizzax viloyatlari

Havo quruq va barqaror bo‘lib qoladi. Kechalari 0–5 daraja iliq, kunduzlari 13–18 daraja iliq bo‘ladi. Shamol sharqdan esadi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari

Janubiy hududlarda ham yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. 25-26 noyabrda kechalari 2–7 daraja iliq, 27–28 noyabrda esa 0–5 daraja iliq bo‘ladi. Kunduzgi harorat 14–19 daraja oralig‘ida saqlanadi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari

Sharqiy hududlarda havo o‘zgaruvchan, ammo yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi manzillarda tuman kuzatilishi mumkin. Kechalari 0–5 daraja iliq, kunduzlari 11–16 darajagacha yetadi.

Respublikaning tog‘li hududlari

Tog‘larda ham havo quruq bo‘ladi. Kechalari 0–5 daraja iliq, kunduzlari 8–13 daraja iliq saqlanadi. Shamol mahalliy hududlarda biroz kuchayishi mumkin.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan «OʻzGidromet» direktori Sherzod Habibullayevning havo sifatining yomonlashuvi bir vaqtning oʻzida namoyon boʻlgan uchta asosiy tabiiy omil bilan bogʻliqligi haqida bildirgan bayonotini yozgandi.

Shuningdek