
AQSh prezidentining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili, elchi Sergio Gor Amerika – O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashiga hamrais etib tayinlandi. Bu haqda AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi xabar berdi.
U endilikda kengashda AQSh tomonining ishtirokini O‘zbekiston prezidenti administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva bilan birgalikda boshqaradi.
Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, ushbu qaror ikki davlat o‘rtasidagi iqtisodiy muloqotni yangi bosqichga olib chiqadi. Yaqinda O‘zbekiston prezidentining Vashingtonga amalga oshirgan tashrifi ham O‘zbekiston – AQSh munosabatlarida sezilarli faollik va ijobiy dinamika yuzaga kelganini tasdiqladi.
Yangi hamraislik doirasida tomonlar biznes, investitsiya va strategik sheriklik yo‘nalishlarida yanada chuqur hamkorlikni rivojlantirishni rejalashtirmoqda.
Avvalroq «Kursiv» nashri O‘zbekiston va AQSh o‘rtasida Ishbilarmonlik va Investitsiya kengashi tashkil etilishi haqida yozgandi.