
25-noyabr uchun valyuta kurslari e’lon qilindi. Shu kun uchun AQSh valyutasi 11 988,32 so‘m (+16,92 so‘m) etib belgilandi. Bu haqda Markaziy bank xabar bermoqda.
Dollarning so‘nggi kunlardagi o‘zgarishi
17-noyabr uchun 12 039,61 so‘m (+54,51 so‘m), 18-noyabr kuni 12 009,92 so‘m (-29,69 so‘m) etib belgilandi. 19-noyabr kuni dollar 11 940,70 so‘mga (-69,22 so‘m), 20-noyabr kuni esa 11 910,93 so‘m (-29,77 so‘m) tenglashgan edi. 21 noyabr kuni dollar 11 914,67 so‘m (+3,74 so‘m), 24-noyabr uchun esa 11 971,40 so‘m (+56,73 so‘m) etib belgilandi.

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yevro 25,49 so‘mga oshib, 13 822,53 so‘mni, rubl esa 0,21 so‘mga oshib, 152,02 so‘mni tashkil qildi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan AQSh dollari qanchaga pasaygani haqida yozgan edi.