Yangiliklar

Andijonda Hakamlik sudi sudyasi qo‘lga olindi, O‘zbekistonda gaz eksporti oshdi — 24-noyabrning eng muhim voqealari

Qurilish tashkilotlari qat’iy ogohlantirildi
Foto: Pexels

Andijonda Hakamlik sudi sudyasi qo‘lga olindi, O‘zbekistonda gaz eksporti oshdi — 24-noyabrning eng muhim voqealari «Kursiv» dayjestida.

Andijonda Hakamlik sudi sudyasi qo‘lga olindi

Pora
Foto: Poole.ncsu.edu

Andijonda Hakamlik sudi sudyasi fuqarolarni chet elga ishga yuborilishi bilan bog‘liq noqonuniy harakat bilan qo‘lga tushdi. Bu haqda DXX matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, sudya ikki fuqaro­ni Janubiy Koreyaga mavsumiy ishchi sifatida yuborishni va’da qilib, buning evaziga $15 ming talab qilgan hamda oldindan $4,1 ming avans olgan.

O‘zbekiston sanoat korxonalari soni 58,6 mingtaga yetdi

Foto: Catgirlmutant / Unsplash

2025-yil 1-noyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda 58,6 mingta sanoat korxonasi faoliyat yuritmoqda. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar bermoqda.

Korxonalarning eng katta qismi oziq-ovqat sanoatiga to‘g‘ri keladi. Bu yo‘nalishda 11,7 mingta korxona bor. Ularning ulushi 20 foizni tashkil qiladi.

Hindiston Oliy sudi qochqin milliarderlarning 570 million dollarlik taklifini qabul qildi

Foto: The Economic Times

Hindiston Oliy sudi bank firibgarligida ayblanayotgan Nitin va Chetan Sandesara ishi bo‘yicha 570 mln dollarlik kelishuvni ma’qulladi. Agar aka-ukalar ushbu mablag‘ni to‘lasa, ularga nisbatan ochilgan jinoiy ishlar tugatiladi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.

Yangi O‘zbekiston ko‘chasining bir qismi 4-dekabrgacha yopiladi

Toshkent shahrida o‘tkaziladigan «Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari» sport musobaqalarining respublika final bosqichi munosabati bilan ayrim ko‘chalarda vaqtincha cheklovlar joriy etiladi. Bu haqda Mirzo Ulug‘bek tumani hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

O‘zbekistonda gaz eksporti oshdi

газовые трубы
Foto: NPO Spetsneftemash

O‘zbekistonda yanvar – oktabr oylarida gaz eksporti oshdi. Bu haqda Statistika qo‘mitasi xabar bermoqda.

Joriy yilning o‘n oyida gaz eksporti $568,2 mlnga yetdi. Yillik o‘sish 5,1 foizni tashkil etdi. Xitoy bojxonachilarining ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston yanvar – oktabr oylarida Xitoyga umumiy qiymati $695,58 mln bo‘lgan gaz xomashyosi yetkazib bergan.

Titanik yo‘lovchisining soati auksionda 2,24 mln dollarga sotildi

Foto: The Daily Astorian

Titanik kemasida halok bo‘lgan Isidor Strausga tegishli tilla cho‘ntak soati kimoshdi savdosida 2,24 mln dollarga sotildi. Bu haqida The Guardian nashri xabar berdi.

Ushbu tilla soat Macy’s univermagi asoschisi Isidor Strausga tegishli bo‘lgan. 18 karatli Jules Jurgensen soati Strausga 1888-yilda uning 43 yoshga to‘lishi munosabati bilan sovg‘a qilingan edi. Henry Aldridge & Son auksion uyi ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu buyum avvalgi rekordni yangilagan.

Janubiy Koreya banki o‘zbek tilida xizmat ko‘rsatishni boshladi

Foto: The Korean Herald

Janubiy Koreyaning Shinhan banki 24-noyabr kuni o‘zining xorijiy tillardagi maslahat xizmatlari ro‘yxatini kengaytirib, o‘zbek va nepal tillarini qo‘shdi. Bu haqda The Korean Herald xabar berdi.

Bank qarori Koreyada O‘zbekiston va Nepaldan kelayotgan mehnat migrantlari soni sezilarli oshgani bilan izohlandi. Yangi qo‘shimchalar bilan Shinhan bank endi 12 ta tilda, jumladan, ingliz, rus, yapon va o‘zbek tillarida xizmat ko‘rsatadi. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha bank Koreya moliya sektorida yetakchiga aylandi.

Qurilish tashkilotlari qat’iy ogohlantirildi

Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi barcha qurilish tashkilotlariga atmosfera havosini muhofaza qilish bo‘yicha belgilangan talablarga qat’iy rioya etishni talab qildi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati ma’lum qildi.

Qurilish maydonlarida chang va qum zarrachalari tarqalishining oldini olish, osma yomg‘irlatgich va suv purkagichlar o‘rnatish, transport vositalarini yuvish shoxobchasini tashkil etish va maydonni himoya qoplamalari bilan jihozlash majburiydir.

Samarqandda giyohfurush 1 kg opiy bilan qo‘lga tushdi

Samarqandda giyohfurush opiy bilan qo‘lga olindi
Foto: DXX

Samarqand viloyatining Urgut tumanida katta miqdordagi giyohvandlik vositasining savdosiga chek qo‘yildi. Bu haqda DXX matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, 1966-yilda tug‘ilgan, ilgari giyohvandlik vositalari savdosi bo‘yicha sudlangan shaxs 993 gramm opiy moddasini xaridorga $15 mingga sotayotgan vaqtida ushlandi. Narkotik moddalar Tоjikistondan kontrabanda yo‘li bilan olib kelingan.