
Andijonda Hakamlik sudi sudyasi fuqarolarni chet elga ishga yuborilishi bilan bog‘liq noqonuniy harakat bilan qo‘lga tushdi. Bu haqda DXX matbuot xizmati ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, sudya ikki fuqaroni Janubiy Koreyaga mavsumiy ishchi sifatida yuborishni va’da qilib, buning evaziga $15 ming talab qilgan hamda oldindan $4,1 ming avans olgan.
Ammo va’dasini bajara olmagach, pulning bir qismini qaytarish vaqtida Davlat xavfsizligi xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan dalillar bilan ushlandi.
Sudyagа Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi «a» bandi va 28, 211-moddasi 2-qismi «b» bandi bo‘yicha ish qo‘zgatilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xovosda ikki nafar IIB xodimi pora ustida ushlangan edi.