
Bollivudning taniqli yulduzlaridan biri Dharmendra 89 yoshida vafot etdi. Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi aktyorning oilasiga hamdardlik bildirdi. Bu haqda BBC xabar bermoqda.
O‘zining samimiyligi va kamtarligi bilan tanilgan aktyor faoliyati davomida 300 dan ortiq filmda suratga tushib, millionlab muxlislarning mehrini qozongan edi.
Asl ismi Dharam Singh Deol bo‘lgan aktyor 1935-yilda Panjobda tug‘ilgan. Milliy iste’dodlar tanlovidagi g‘alaba uni Bombeyga yetaklagan va bu yerda u romantika, jangari va komediya janrlarida sermahsul ijod qilgan. Uning «Ali Bobo va 40 qaroqchi» filmidagi muvaffaqiyati va keyinchalik «Zita va Gita» kabi filmlaridagi rollari unga katta shuhrat keltirgan.
Dharmendraning aktrisa Hema Malini bilan ekranlardagi hamkorligi keyinchalik 1980-yilda turmush qurishlari bilan mustahkamlangan. Aktyor keksa yoshda ham ijodni to‘xtatmadi, o‘g‘illari Sanni va Bobbi Deol bilan birga filmlarda suratga tushdi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan 2026-yilgi Kann kinofestivali sanalari ma’lum bo‘lgani haqida xabar bergan edi.