Avto

Chevrolet Captiva elektromobili savdoga chiqdi — foto, narx

Yangi Captiva EV Braziliyada faqat Premier komplektatsiyasida sotuvga chiqqan
Chevrolet Captiva elektromobili
Foto: GMAutority

Chevrolet kompaniyasi tomonidan Braziliyada 2026-yilgi Chevrolet Captiva elektromobili taqdim etildi. Bu haqda GMAutority xabar bermoqda.

Model to‘liq elektromobil bo‘lib, Janubiy Amerikada brendning arzon va ishonchli EV strategiyasidagi asosiy model sifatida bozorga chiqqan.

Foto: GMAutority

Yangi Captiva EV Braziliyada faqat Premier komplektatsiyasida sotuvga chiqqan. Model qora rangdagi emblema va gloss-black elementlari bilan yanada jozibali ko‘rinishga ega. Mashina to‘liq xavfsizlik tizimlari, kengaytirilgan funksiyalar va Chevrolet Intelligent Driving haydovchiga yordam beruvchi tizimlari bilan jihozlangan.

Foto: GMAutority

Texnik jihatdan, Captiva EV old o‘qdagi yagona elektromotor bilan harakatlanadi. U 201 ot kuchi va 229 lb-ft moment ishlab chiqaradi. 60 kVt/soatli batareya INMETRO bo‘yicha 304 km, CLTC standartiga ko‘ra 510 km masofa bosadi.

Foto: GMAutority

Model dastlab Xitoydan import qilinadi, 2026-yilda esa Braziliyaning o‘zida yig‘ila boshlaydi. To‘rt xil tashqi rang, ikki xil salon variantida taqdim etiladi. Kafolat muddati 3 yil yoki 100 ming km, batareya kafolati esa 8 yil yoki 160 ming km.

Narxi 199 990 real bo‘lib, bu qariyb $37,55 mingga teng.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Chevrolet eski modelini yangilagani haqida yozgan edi.