
Qarshining «Nasaf» klubi Elit Osiyo chempionlar ligasining 5-turida «Traktor» jamoasiga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi. «Markaziy» stadionida bo‘lib o‘tgan uchrashuvdagi yagona gol o‘yin taqdirini hal qildi.
Uchrashuvning 17-daqiqasida mehmonlar futbolchisi Regi Lushkya himoyadagi xatolikdan foydalanib hisobni ochdi. O‘yin davomida mezbonlar muvozanatni tiklashga uringan bo‘lsa-da, hisob o‘zgarmadi. Ushbu natijadan so‘ng «Nasaf» o‘z hisobidagi 0 ochko bilan guruhda so‘nggi o‘rinda qolmoqda va musobaqaning keyingi bosqichiga chiqish imkoniyati keskin pasaydi.

Shanba kuni Farg‘onaning «Neftchi» klubi «Qizilqum»ni yengib, muddatidan avval O‘zbekiston chempionligini rasmiylashtirgan edi. Natijada, Ro‘ziqul Berdiyev shogirdlari Superliga chempionligidan ham mahrum bo‘ldi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Husayn Norchayev Qozog‘iston klubiga o‘tishi mumkinligi haqida xabar bergan edi.