Sport

Elit OChL: «Nasaf» o‘z maydonida imkoniyatni boy berdi

Mag‘lubiyat qarshiliklarning pley-offga chiqish imkoniyatini deyarli yo‘qqa chiqardi
Foto: FC Nasaf

Qarshining «Nasaf» klubi Elit Osiyo chempionlar ligasining 5-turida «Traktor» jamoasiga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi. «Markaziy» stadionida bo‘lib o‘tgan uchrashuvdagi yagona gol o‘yin taqdirini hal qildi.

Uchrashuvning 17-daqiqasida mehmonlar futbolchisi Regi Lushkya himoyadagi xatolikdan foydalanib hisobni ochdi. O‘yin davomida mezbonlar muvozanatni tiklashga uringan bo‘lsa-da, hisob o‘zgarmadi. Ushbu natijadan so‘ng «Nasaf» o‘z hisobidagi 0 ochko bilan guruhda so‘nggi o‘rinda qolmoqda va musobaqaning keyingi bosqichiga chiqish imkoniyati keskin pasaydi.

Foto: FC Nasaf

Shanba kuni Farg‘onaning «Neftchi» klubi «Qizilqum»ni yengib, muddatidan avval O‘zbekiston chempionligini rasmiylashtirgan edi. Natijada Ro‘ziqul Berdiyev shogirdlari Superliga chempionligidan ham mahrum bo‘ldi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Husayn Norchayev Qozog‘iston klubiga o‘tishi mumkinligi haqida xabar bergan edi.