Energiya resurslaridan noquonuniy foydalanish holatlari fosh etildi

eʼlon qilindi
Holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi
Energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi / Foto: Bosh prokuratura departamenti

O‘zbekistonning bir necha hududida elektr energiya resurslaridan noquonuniy foydalanish holatlari aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura departamenti ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, Jomboy tumanida fermer xo‘jaligi rahbari suv nasosini elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulab, 106,4 mln so‘mlik energiyadan noquonuniy foydalangan.

Qoraqalpog‘istonda esa YTT savdo do‘koni 97,8 mln so‘mlik elektrdan, Ishtihonda fuqaro nonvoyxona uchun 82,5 mln so‘mlik tabiiy gazdan noquonuniy foydalangani ma’lum bo‘ldi.

Mazkur holatlar bo‘yicha Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) asosida jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sirdaryoda Gentra salonidan 78,1 mln so‘mlik noqonuniy tamaki mahsulotlari topilan edi.

Shuningdek