Great Wall Cannon 2026 modeli qanday narxda sotiladi

24-noyabr 2025 10:46 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Foto: Autohome

Guanchjou avtosalonida Great Wall’ning yangi Cannon 2026 Off-road pikapi namoyish etildi.

Modelning narxi 180 ming yuan ($24 ming)dan boshlanadi. Model yo‘l-yo‘lakay yurishga moslab yangilandi. Dizayn o‘zgarib, texnik qism modernizatsiya qilingan.

Foto: Autohome

Pikap baland havo olish tizimi, masofadan boshqariladigan elektr osma tizim va K-MAN osmasi bilan jihozlangan. Unda gaz bilan to‘ldirilgan amortizatorlar va maxsus off-road shinalar mavjud. Salonida 10,25 dyuymli raqamli panel va 14,6 dyuymli ekranli media tizimi bor. Konditsioner, kruiz-kontrol va charm o‘rindiqlar ham qo‘yilgan.

Foto: Autohome

Cannon 2026 Off-road to‘liq uzatma bilan keladi. Unda 3 ta differensial blokirovkasi va 9 ta off-road rejimi mavjud. Dvigateli 2,4 litrli dizel bo‘lib, 186 ot kuchi ishlab chiqaradi. Uning maksimal momеnti 480 Nm etadi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Tank 300 Polar Edition avtomobili qanday xususiyatlarga egaligi haqida yozgan edi.

Shuningdek