Yangiliklar

Gulistonda jamoat transporti uchun jami 72 ta avtobus keltirildi

«Guliston Inter Futbol» MChJ tomonidan
Foto: Transport vazirligi

Sirdaryo viloyatining Guliston shahriga jamoat transporti uchun yangi ekologik avtobuslar olib kelindi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.

Unga ko‘ra, «Guliston Inter Futbol» MChJ tomonidan navbatdagi 52 dona YUTONG rusumli zamonaviy avtobuslar olib kelindi. Yil boshidan buyon shaharga yetkazilgan ekologik toza avtobuslar soni 72 taga yetdi.

Ushbu yangi avtobuslar hozirda shahar ichidagi 7 ta yo‘nalishda brutto-shartnoma asosida yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatmoqda. Natijada Guliston shahar jamoat transporti parki to‘liq yangilandi va ekologik toza transport vositalariga o‘tish yakuniga yetdi.

Mahalliy aholi yangi avtobuslar harakat jadvalining aniq bo‘lishi, salqin va qulay salonlari hamda ekologik xavfsizligi bilan ajralib turib, shahar ichidagi qatnovni sezilarli darajada yengillashtirganini bildirgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Xorazmga 10 ta yangi elektrobus olib kelingani haqida yozgandi.

Shuningdek, 2027-yil 1-yanvargacha turizm sohasi subyektlari tomonidan import qilinadigan avtobus, elektrobus va mikroavtobuslar bojxona bojidan ozod etiladiShavkat Mirziyoyev turizm sohasini tezkor va samarali boshqarish bo‘yicha yangi qaror imzoladi.