Gadjetlar

Honor 500 Pro qanday xususiyatlar bilan taqdim etildi — narx

Narxi $500 dan boshlandi
Honor 500 Pro qanday xususiyatlar bilan taqdim etildi — narx / Foto: Honor

Honor kompaniyasi bugun rasmiy ravishda yangi flagman smartfonlarini, ularning bosh modeli sifatida esa Honor 500 Pro’ni taqdim etdi.

Smartfon 8000 mA·soat sig‘imli akkumulyator bilan jihozlangan bo‘lib, u 80 vattlik simli va 50 vattlik simsiz quvvatlashni qo‘llab-quvvatlaydi. Shuningdek, 27 vattlik teskari simli quvvatlash ham mavjud.

Foto: Honor

Qurilma Qualcomm Snapdragon 8 Elite bir chipli platformasida ishlaydi va 6,55 dyuymli OLED ekranga ega. Ekran o‘lchami 1,5K, maksimal yorqinligi 6000 kd/kv.m., yangilanish tezligi 120 Gs. Ekran ramkasi juda ingichka — atigi 1,05 mmni tashkil qiladi. Bu yangi avlod flagmanlaridan ham kam hisoblanadi.

Smartfon kamerasi asosiy modulda 200 MP sensor (optiс format 1/1,4 dyuym), periskopli modulda 50 MP sensorga ega. Optik stabilizatsiya CIPA 5.0 standartiga javob beradi, optik zum — 5x. Ultra keng burchakli modulda 12 MP sensor o‘rnatilgan. Qurilma korpusidagi tugma orqali tez suratga olish mumkin. Old kamera esa 50 MP sensorga ega.

Foto: Honor

Boshqa xususiyatlar: NFC chip, stereo karnaylar, ekranning ostidagi ultratovushli barmoq izi skaneri. Operatsion tizim sifatida Android 16 ishlatilgan.

Honor smartfonining xotira konfiguratsiyasi va narxi 12/256 GB uchun $500, 12/512 GB uchun $550, 16/512 GB uchun $590 va 16 GB/1 TB uchun $675 ni tashkil qiladi.

Quyida Honor 500 va Honor 500 Pro narxlari taqqoslandi:

Xotira konfiguratsiyasiHonor 500Honor 500 Pro
12/256 GB380 $500 $
12/512 GB420 $550 $
16/512 GB465 $590 $
16 GB/1 TB675 $

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Honor 500 smartfoni haqida ma’lumot bergan edik.