Inson a’zolarini transplantatsiya qilish bo‘yicha yangi qonun qabul qilindi

eʼlon qilindi
Retsipiyent va tirik donorlar uch oy ichida maxsus tibbiy tekshiruvdan o‘tishi shart
Foto: Gulf News

Adliya vazirligi Inson a’zolarini transplantatsiya qilish haqida retsipiyentlar va donorlarga tibbiy xulosalar berish boʻyicha nizomni roʻyxatdan oʻtkazdi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Nizomga binoan, retsipiyent va tirik donor tibbiyot muassasalarida uch oy muddat ichida to‘liq tibbiy tekshiruvlardan o‘tishi talab etiladi. Transplantatsiya amaliyotiga ruxsat berish to‘g‘risidagi yakuniy qaror faqat Hukumatning 2024-yil 13-iyundagi 333-sonli qarorida ko‘rsatilgan davlat tibbiyot muassasalari tibbiy konsiliumlari tomonidan amalga oshiriladi.

Tibbiy konsilium retsipiyentning a’zo yoki to‘qimalar transplantatsiyasiga muhtojligi va donorning amaliyotga layoqatliligi haqida xulosa beradi yoki rad etadi. Agar transplantatsiya amaliyoti insonning ko‘rish, nutq, eshitish qobiliyatining yo‘qolishiga, ruhiyatining buzilishiga yoxud mehnat qobiliyatining 33 foizdan ortiq barqaror yo‘qolishiga sabab bo‘lsa, tibbiy xulosa berish qat’iyan rad etiladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan dafn etish ishlarini raqamlashtirish joriy qilinishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek