OnePlus Ace 6T ilk marta renderlarda ko‘rsatildi

24-noyabr 2025 12:48 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
OnePlus Ace 6T ilk renderlarda ko‘rsatildi
Foto: Mediapark

Yangi taqdim etiladigan OnePlus Ace 6T tasvirlari Evan Blass tomonidan e’lon qilindi. Bu haqda ITHome nashri xabar bermoqda.

Manba qurilma Snapdragon 8 Gen 5 asosidagi ilk modellar qatoridan joy olishini qayd etgan. Bu chip 26-noyabr kuni taqdim qilinadi.

OnePlus Ace 6T avvalgi Ace 6 modeliga juda o‘xshaydi. Farqi asosiy kamera blokidagi LED chiroq joylashuvidadir. Model faqat Xitoy bozorida sotilishi kutilmoqda.

Mutaxassislar qurilma ekranini 1,5K va 165 Hz deb aytmoqda. Akkumulyatori 8000 mA/soat bo‘ladi. Zaryad quvvati 100 Vt darajasida bo‘ladi. Qurilmada IP68 himoyasi bo‘ladi. Ace 6T Snapdragon 8 Gen 5 ishlatadigan ilk smartfonlardan biri bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Apple iPhone 18 Pro uchun yangi HMO displeyga o‘tishi mumkinligi haqida yozgan edi.

Shuningdek