Qurilish tashkilotlari qat’iy ogohlantirildi

eʼlon qilindi
Rioya qilmaganlarni jiddiy choralar kutib turibdi
Qurilish tashkQurilish tashkilotlari qat’iy ogohlantirildi / Foto: Ekologiya qo‘mitasi

Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi barcha qurilish tashkilotlariga atmosfera havosini muhofaza qilish bo‘yicha belgilangan talablarga qat’iy rioya qilishni talab qildi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati ma’lum qildi.

Qurilish maydonlarida chang va qum zarrachalarining tarqalishini oldini olish, osma yomg‘irlatgich va suv purkagichlar o‘rnatish, transport vositalarini yuvish shoxobchasini tashkil etish va maydonni himoya qoplamalari bilan jihozlash majburiydir.

Talablar bajarmagan korxonalarga Ma’muriy javobgarlik Kodeksi asosida jarima, faoliyatni 10 ish kunigacha to‘xtatish yoki tugatish chorasi qo‘llanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq sanoat korxonalari atmosfera ifloslanishini ikki baravar kamaytirishi haqida yozgan edik.

Shuningdek