Samarqandda giyohfurush 1 kg opiy bilan qo‘lga tushdi

eʼlon qilindi
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Samarqandda giyohfurush 1 kg opiy bilan qo‘lga tushdi / Foto: DXX

Samarqand viloyatining Urgut tumanida katta miqdordagi giyohvandlik vositasining savdosiga chek qo‘yildi. Bu haqda DXX matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, 1966-yilda tug‘ilgan, ilgari giyohvandlik vositalari savdosi bo‘yicha sudlangan shaxs 993 gramm opiy moddasini xaridorga $15 mingga sotayotgan vaqtida ushlandi. Narkotik moddalar Tоjikistondan kontrabanda yo‘li bilan olib kelingan.

Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 28, 246-moddasi 2-qismi (kontrabanda) va 273-moddasi 5-qismi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, «qamoq» ehtiyot chorasi qo‘llandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijondagi xonadonda narkolaboratoriya fosh etilgan edi.

Shuningdek