Sanoat korxonalari atmosfera ifloslanishini ikki baravar kamaytiradi

eʼlon qilindi
Bunga amal qilmagaga nisbatan jiddiy choralar ko‘riladi
Sanoat korxonalari atmosfera ifloslanishini ikki baravar kamaytiradi / Foto: Ekologiya qo‘mitasi

Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi barcha sanoat korxonalariga 2025-yil 1-dekabrgacha atmosfera havosiga chiqariladigan zararli moddalarni ikki baravar kamaytirish topshirig‘ini berdi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati ma’lum qildi.

Korxonalar avtomatik monitoring stansiyalarini o‘rnatishi, chang-gaz va suv tozalash uskunalarini modernizatsiya qilishi, shuningdek, sanitar himoya zonalarini kuzatuv postlari bilan jihozlashi shart. Majburiyatni bajarmaganlar uchun kompensatsiya to‘lovlari besh baravarga oshiriladi va faoliyatiga nisbatan ma’muriy yoki jinoiy choralar qo‘llanilishi mumkin.

Talab qat’iy bo‘lib, barcha korxonalar ifloslantiruvchi moddalarni kamaytirish va bartaraf etish chora-tadbirlarini joriy yil 1-dekabrga qadar amalga oshirishi lozim.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentdagi havo sifatining yomonlashuvi tabiiy va mavsumiy omillar bilan bogʻliqligi aytilgan edi.

Shuningdek