Yangiliklar

Sudyalik lavozimlariga tayinlash tartibi yangilandi

Endi sudyalar besh yil muddatga, keyinchalik esa muddatsiz tayinlanadi
Sudyalik lavozimlariga tayinlash tartibi yangilandi / Foto: Zoon.ru

Prezident farmoni bilan sudyalar hamjamiyati organlari faoliyatining samaradorligi va ochiqligini oshirish, shuningdek, sud mustaqilligi kafolatlarini kuchaytirish bo‘yicha keng qamrovli chora-tadbirlar belgilandi.

Endi sudyalik lavozimlariga nomzodlar dastlab besh yillik muddatga, keyinchalik esa muddatsiz tayinlanadi. Tuman, shahar va tumanlararo sudlar raislari hamda ularning o‘rinbosarlari lavozimlariga nomzodlar esa ochiq tanlov asosida tanlanadi.

Sudyalar hamjamiyati organlarining faoliyati shaffof va raqamli texnologiyalar yordamida olib boriladi. Sudyalik lavozimlariga nomzodlarni baholashda halollik, kasbiy layoqatlilik va odob qoidalariga rioya etish mezonlari qo‘llaniladi.

Bundan tashqari, sud tizimida gender tenglikni ta’minlash uchun ayol sudyalar ulushi kamida 30 foizga yetkaziladi va ilmiy salohiyatga ega sudyalar Odil sudlov akademiyasida malaka oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Farmon shuningdek, sudyalar korpusini shakllantirish tartibini takomillashtirish, Kengash va Oliy sudning tarkibini mustahkamlash hamda sudyalar faoliyatini zamonaviy raqamli vositalar yordamida kuzatish va baholashni nazarda tutadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq sud qarorlarining kuchga kirish muddati 30 kundan 10 kunga qisqartirilishi mumkinligi haqida xabar bergan edik.