Fan

Talabalar uchun kontrakt to‘lovlari muddati yangilandi

24-noyabr 2025 16:57 eʼlon qilindi

Lobar Turayeva

Lobar Turayeva

Muxbir l.turayeva@kursiv.media
Tramp AQShda chet ellik talabalarning o‘qish muddatini 4 yilga cheklamoqchi
Foto: Teacher Magazine

Oliy ta’lim tashkilotlarida shartnoma asosida o‘qish uchun to‘lov tartibiga oid nizomga o‘zgartirishlar ro‘yxatdan o‘tkazildi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.

Yangi tartibga ko‘ra, kontrakt to‘lovlari quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi:

  • 25% — abituriyentlar uchun 15-sentabrgacha, yuqori bosqich talabalari uchun 1-oktabrgacha (yoki rektor belgilagan muddatgacha);
  • 50% — 1-yanvargacha;
  • 75% — 1-martgacha;
  • 100% — 1-maygacha (yoki rektor uzaytiradigan sana doirasida).

Shuningdek, Davlat komissiyasi ushbu muddatlarni uzaytirish vakolatiga egaligi keltirib o‘tildi.

Shu bilan birga, kontrakt pullaridan tushgan mablag‘lar xorijiy oliy ta’lim muassasalarida yosh pedagog va ilmiy xodimlarning malakasini oshirish hamda stajirovkalarini tashkil etish uchun yo‘naltirilishi mumkin.

Bundan tashqari, oliy ta’lim tashkilotlari ijtimoiy yordam sifatida talabalarga bir yilda bazaviy hisoblash miqdorining 6 baravarigacha moddiy yordam ko‘rsatish huquqiga ega bo‘ladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan «Yoshlar daftari» orqali «prava» olish xarajatlari davlat hisobidan qoplanishi haqida

2026-yil 1-fevraldan Kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan oilalardagi yoshlarga quyidagi imtiyozlar beriladi:

  • safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmatni bepul o‘tash tartibi joriy etiladi hamda ushbu maqsad uchun subsidiya ajratish tartibi bekor qilinadi.

«Yoshlar daftari» jamg‘armalari orqali:

  • avtomototransportlar haydovchilarini tayyorlash o‘quv kursi xarajatlarini qoplash bo‘yicha subsidiya haydovchilik guvohnomasining «A», «B», «D» va «DE» toifalarini olish uchun to‘lab beriladi;
  • kasbiy va oliy ta’lim tashkilotlari o‘quvchi-talabalarining kontrakt summasi 50 foizgacha qismi tuzilgan ijtimoiy shartnoma shartlarini bajarish darajasidan kelib chiqib to‘lanadi hamda 1 o‘quv yili uchun BHMning 50 baravaridan oshmasligi lozim;
  • ayni bir shaxs 1 yil davomida turli ijtimoiy yordamlardan ko‘pi bilan 2 marta foydalanishi mumkin.
Shuningdek