Xalqaro vokal tanlovida o‘zbekistonlik Madinabonu ikkinchi o‘rinni egalladi

24-noyabr 2025 19:44 eʼlon qilindi

Lobar Turayeva

Lobar Turayeva

Muxbir l.turayeva@kursiv.media
Мадинабону Адылова
Foto: Silk Way Star

Xitoy va Qozog‘iston hamkorligida ilk bor o‘tkazilgan yirik vokal mega-loyiha Silk Way Star finalida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Madinabonu Adilova mintaqaning eng kuchli ijrochilari orasida 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Bu haqda loyiha tashkilotchilari Kursiv’ga ma’lum qildi.

Astana shahrida o‘tgan final kechasida finalist «Qani endi» qo‘shig‘i bilan ishtirok etdi.

Ma’lumot uchun, bu loyiha Buyuk Ipak yo‘li mamlakatlarini birlashtirgan birinchi qo‘shma vokal teleloyiha bo‘lib, u Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev va Xitoy Raisi Si Szinpin tomonidan imzolangan hukumatlararo kelishuv asosida tashkil etildi.

Dastlab 12 davlat vakillari ishtirok etgan loyihaning final bosqichiga faqat 7 nafar eng kuchli ijrochi yo‘l oldi. O‘zbekiston ular qatorida yetakchilar safidan joy oldi.

Ovoz berish natijalari

  • 1-o‘rin: Michelle Joseph (Mo‘g‘uliston) — 112 241 ovoz;
  • 2-o‘rin: Madinabonu Adilova (O‘zbekiston) — 85 443 ovoz;
  • Zhang He Xuan (Xitoy) — 73 662;
  • Yazmin Aziz (Malayziya) — 73 609;
  • Saro Gevorgyan (Armaniston) — 73 160;
  • Avtandil Abeslamidze (Gruziya) — 46 027;
  • ALEM (Qozog‘iston) — 32 145.

Finalistlarga tabrik Qozog‘iston prezidenti nomidan o‘qib eshittirildi. Loyiha g‘olibi esa mashhur qozoq xonandasi Dimash Qudaybergen tomonidan taqdirlandi.

Silk Way Star bu yil rekord darajadagi auditoriyani qamrab oldi. 508 mingdan ortiq ovoz va bir vaqtning o‘zida qozoq, xitoy va ingliz tillarida translyatsiya qilindi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan «Kelajak merosi» xalqaro mukofoti ta’sis etilgani haqida yozgandi.

Shuningdek