Avto

Xitoyda yangi M-Hero M817 taqdim etildi

Modelning uzunligi 5100 mm, eni 1998 mm, balandligi 1899 mm

Xitoyning Guanchjou avtosalonida yangi M-Hero M817 avtomobili namoyish qilindi. Bu haqda Autohome xabar bermoqda.

Model narxi 302 ming yuan, bu taxminan $42 mingga teng. Yangi avlodda LiDAR va pnevmopodveska olib tashlangan, lekin mashina o‘zining yuqori o‘tish qobiliyatini saqlab qolgan.

Modelning uzunligi 5100 mm, eni 1998 mm, balandligi 1899 mm. G‘ildirak bazasi 3005 mm. Kirish burchagi 30 gradus, maksimal brod chuqurligi 820 mm. Old va orqa differensiallar bloklanadi. Masofadan boshqariladigan off-road kruiz tizimi mashinani notekis yo‘lda juda sekin tezlikda yurishga imkon beradi.

Foto: Autohome
Foto: Autohome

Salon yangilangan. Asosiy yangilik sifatida Huawei Harmony Space 5 tizimi ko‘rsatilmoqda. Unda 15,6 dyuymli markaziy sensor ekran o‘rnatilgan. Qolaversa, 10,25 dyuymli raqamli panel ham mavjud. Klimat va asosiy funksiyalar fizik tugmalar orqali boshqariladi. Ekran ostida simsiz quvvatlash maydoni joylashgan.

Gibrid tizim 1,5 litrli dvigatel asosida ishlaydi. Umumiy quvvat 686 ot kuchi, moment 848 N·m. Batareya sig‘imi 50,4 kVt/soatni tashkil etadi. To‘liq yo‘l zaxirasi 1365 km. O‘rtacha sarf 7,24 litr.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Great Wall Cannon 2026 modeli qanday narxda sotilishi haqida yozgan edi.