Yangiliklar

Yangi O‘zbekiston ko‘chasining bir qismi 4-dekabrgacha yopiladi

24-noyabrdan 4-dekabrga qadar
Foto: Yandex Maps

Toshkent shahrida o‘tkaziladigan «Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari» sport musobaqalarining respublika final bosqichi munosabati bilan ayrim ko‘chalarda vaqtincha cheklovlar joriy etiladi. Bu haqda Mirzo Ulug‘bek tumani hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, musobaqalarning yuqori saviyada o‘tishini ta’minlash maqsadida 24-noyabrdan 4-dekabrga qadar quyidagi hududlarda avtotransport harakati vaqtincha to‘xtatiladi:

  • Yangi O‘zbekiston ko‘chasidan yangi mehmonxonalarga olib boruvchi yo‘nalish
    (Yangi O‘zbekiston bog‘i chegarasi bo‘ylab) – avtotransport uchun vaqtincha yopiladi.
  • Milliy bog‘ ko‘chasidan yangi mehmonxonalarga harakatlanish yo‘li
    – maxsus xizmat avtomobillari bundan mustasno, vaqtincha cheklanadi.

Cheklovlar 4-dekabrgacha amal qiladi. Haydovchilarga oldindan yo‘l rejasini qayta ko‘rib chiqish tavsiya etiladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Uchtepa tumanining bir qismida vaqtincha harakat cheklanishi haqida yozgandi.