Yerga 300 million km masofada kometa yaqinlashdi

24-noyabr 2025 21:56 eʼlon qilindi

Hafiza Muxtorova

Hafiza Muxtorova

Muxbir h.muxtorova@kursiv.media
Yerga 300 million km masofada kometa yaqinlashdi / Foto: Supra / Pixabay

3I/ATLAS kometasi Yerga 300 mln kmdan kam masofada yaqinlashdi. Bu haqda Quyoshning rentgen astronomiyasi laboratoriyasi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, 23-noyabr kuni yulduzlararo kometa Yerdan 300 mln km masofadagi chegara chizig‘ini kesib o‘tdi va hozir har kuni taxminan 2 mln km tezlik bilan sayyoraga yaqinlashmoqda. Obyektning Yerga yaqinlashishi asosan Yerdan kelayotgan ta’sir tufayli yuz bermoqda.

Yer va 3I/ATLAS kometasi yo‘nalishlari kesishuvchi bo‘lib, ular taxminan 4 hafta, ya’ni 19-dekabrgacha bir-biriga yaqin bo‘lib turadi. Shu kuni ularning orasidagi masofa minimal, ya’ni taxminan 269 mln kmga kamayadi va shundan keyin ikki jism kosmosda bir-biridan uzoqlashadi.

Obyekt sezilarli gravitatsiyadan tashqari tezlanishga ham ega. Shuning uchun orbitani doimiy qayta hisoblash talab etiladi. Shu bilan birga, kometa va Yer o‘tasidagi masofa 200 mln kmdan kamaymasligi kutilmoqda, deydi labaratoriya.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoy Shenzhou-21 kosmik missiyasini ishga tushirgani haqida xabar bergan edik.

Shuningdek