
26-noyabr uchun valyuta kurslari e’lon qilindi. Shu kun uchun AQSh valyutasi 11 936,89 so‘m (-51,43 so‘m) etib belgilandi. Bu haqda Markaziy bank xabar bermoqda.
Dollarning so‘nggi kunlardagi o‘zgarishi
18-noyabr kuni 12 009,92 so‘m (-29,69 so‘m) etib belgilandi. 19-noyabr kuni dollar 11 940,70 so‘mga (-69,22 so‘m), 20-noyabr kuni esa 11 910,93 so‘m (-29,77 so‘m) tenglashgan edi. 21 noyabr kuni dollar 11 914,67 so‘m (+3,74 so‘m), 24-noyabr uchun 11 971,40 so‘m (+56,73 so‘m), 25-noyabr kuni esa 11 988,32 so‘m (+16,92 so‘m) etib belgilandi.

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yevro 53,33 so‘mga tushib, 13 769,20 so‘mni, rubl esa 0,46 so‘mga tushib, 151,56 so‘mni tashkil qildi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan AQSh dollari qanchaga pasaygani haqida yozgan edi.