Afg‘oniston ko‘miri Pokiston o‘rniga O‘zbekistonga eksport qilinadi

eʼlon qilindi
O‘zbekiston Afg‘onistonga sement va dori-darmon yetkazib beradi
Foto: Unsplash

Tolibon hukumati va O‘zbekiston o‘rtasida imzolangan yangi bitimga ko‘ra, Afg‘oniston ko‘miri endilikda Pokistonga emas O‘zbekistonga yo‘naltiriladi. Bu haqda afintl nashri xabar berdi.

Kelishuv shartlariga ko‘ra, O‘zbekiston ham Afg‘onistonga yuqori sifatli sement va dori-darmon mahsulotlarini eksport qilishni rejalashtirmoqda. Mazkur qaror Pokiston bilan chegara punktlarining yopilishi va o‘zaro savdo aloqalarining to‘xtab qolishi fonida qabul qilingan.

Tolibon rasmiylari yuzaga kelgan vaziyat sababli mintaqaviy hamkorlar, xususan, Eron va O‘zbekiston bilan iqtisodiy aloqalarni kuchaytirishga urg‘u bermoqda. Avvalroq afg‘on qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini O‘zbekiston havo yo‘llari orqali jahon bozoriga olib chiqish rejalari ham e’lon qilingan edi.

O‘tgan oyda Torxam chegara punktining yopilishi Afg‘oniston va Pokiston iqtisodiyotiga $4,5 milliarddan ortiq zarar yetkazgan. Biroq Tolibon Moliya vazirligi Pokiston bilan savdo uzilishi bojxona tushumlariga va umumiy savdoga salbiy ta’sir ko‘rsatmaganini ta’kidlamoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Pokiston va Afg‘oniston 48 soatlik sulhga kelishgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek