Avstraliya parlamenti deputati yig‘ilishga burqada keldi

Avstraliya parlamenti vakili Polin Hanson jamoat joylarida islomiy kiyimlarni taqiqlash tashabbusini ilgari surish maqsadida yig‘ilishga burqa kiyib keldi. Bu esa musulmon senatorlar tomonidan irqchilik sifatida qoralandi, deya xabar bermoqda Reuters agentligi.
Unga ko‘ra, mamlakatda jamoat joylarida burqa va boshqa yuzni to‘liq yopuvchi kiyimlarni taqiqlashga doir qonun loyihasini kiritishga ruxsat berilmagan. Hansonning parlamentda burqa kiyib chiqishi burqa kiyishni taqiqlash tashabbusini ilgari surishga qaratilgan ikkinchi harakati bo‘ldi.

«Parlament islomiy kiyimlarni taqiqlamasa, bu radikal va diniy bo‘lmagan bosh kiyimni parlamentimizda namoyish qilaman. Shunda har bir avstraliyalik xavf-xatar nima ekanini tushunadi», – deydi Hanson o‘z bayonotida.
Markaziy chap koalitsiya rahbari Peni Vong va muxolifat o‘rinbosari En Ruston Hanson harakatlarini qoralab, burqani yechmaganligi sababli Senat ishlarini to‘xtatish bo‘yicha qaror qabul qildi. Yangi Janubiy Uels shtatidan senator Mehreen Faruqi bu harakatni “ochiq-oydin irqchilik» deb atadi, G‘arbiy Avstraliya shtatidan senator Fatima Payman esa holatni «axloqsizlik» deb baholadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyada musulmon kuryerlarga ayrim yuklarni tashish man qilingani haqida xabar bergan edik.