Yangiliklar

Efiopiyada 10 ming yildan beri uxlayotgan vulqon otilishni boshladi

Xeyli-Gubbi nomli vulqon
Efiopiyada 10 ming yildan beri uxlayotgan vulqon otilishni boshladi
Efiopiyada 10 ming yildan beri uxlayotgan vulqon otilishni boshladi. Foto: Lenta.ru

Efiopiyaning shimoli-sharqida o‘n ming yildan ortiq tinch holatda bo‘lgan Xeyli-Gubbi nomli vulqon ilk bor faollashdi. Bu haqda xalqaro seysmologiya platformasi VolcanoDiscovery xabar berdi.

Afar mintaqasidagi tog‘ tizmasiga mansub Xeyli-Gubbi doimiy faol bo‘lgan Ertale vulqonidan atigi 15 kilometr janubi-sharqda joylashgan. 23-noyabr kuni ertalab soat 08:30 da qayd etilgan otilish kuchli kul ustunining osmon sari ko‘tarilishi bilan boshlandi. Beixtiyor hosil bo‘lgan kul buluti 10 – 15 kilometr balandlikka chiqib, Arabiston yarimorolining janubi-g‘arbiy qismiga tomon siljigan.

Efiopiyaning FMC telekanali ham hududda vulqon faolligi kuchayganini tasdiqladi. Mahalliy aholining aytishicha, portlash ovozi o‘ta kuchli bo‘lib, uning quvvati odatdagi vulqon portlashlardan ancha farq qilgan.

Vulkanolog Saymon Karnning ta’kidlashicha, Xeyli-Gubbi bundan oldin butun golotsen davri – 11 ming yildan ortiq vaqt davomida biror marta ham otilish belgisini ko‘rsatmagan. Shu bois hozirgi otilish geologlar uchun juda noyob va ilmiy ahamiyatga ega hodisa sifatida baholanmoqda.

Avvaroq Kursiv Uzbekistan Yaponiya Fudzi vulqoni otilishi tasvirlagan SI-video bilan aholiga ogohlantirish bergani haqida yozgandi.