
Shavkat Mirziyoyevning Toshkent shahridagi ekologik vaziyatni yaxshilash boʻyicha imzolagan farmoniga koʻra, poytaxtda avtomobillar harakatini cheklashning tartibi belgilandi.
Unga ko‘ra, maxsus komissiya poytaxtda yuk tashish avtotransport vositalari harakatini vaqtincha cheklash amaliyotini yo‘lga qo‘yish va avtotransport vositalarining, shu jumladan, davlat raqamiga mos ravishda toq va juft sanalarda harakatlanishini cheklash amaliyotini joriy qilish (elektromobillar bundan mustasno) yuklatildi.
Shuningdek, harakatlanishi vaqtinchalik cheklanadigan avtotransport vositalari turlari, ko‘chalar va boshqa hududlar belgilanadi.
Shu bilan birga, tabiiy changlanish kuchaygan paytda sanoat korxonalari, transport, issiqlik ta’minoti va boshqa sohalarda cheklovlar joriy qilinadi.
Agarda atmosferaga salbiy ta’sir qiluvchi moddalar yoqqan issiqxonalar va boshqa obyektlar aniqlansa, ularning faoliyati vaqtincha yoki to‘liq to‘xtatiladi. Poytaxtdan boshqa hududlarga ko‘chirilishi majburiy bo‘lgan sanoat korxonalari va sanoat zonalarini belgilanadi. Sanoat korxonalariga tashlamalarning ruxsat etilgan miqdori belgilanib, ushbu talabni buzganlar faoliyatini to‘xtatish bo‘yicha choralar ko‘riladi.
Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekistonda yengil avtomobil ishlab chiqarish hajmi qariyb 10 foizga oshgani haqida yozgandi.