Huawei MatePad Edge gibrid qurilmasini taqdim etdi

25-noyabr 2025 22:28 eʼlon qilindi

Hafiza Muxtorova

Hafiza Muxtorova

Muxbir h.muxtorova@kursiv.media
Huawei MatePad Edge gibrid qurilmasini taqdim etdi / Foto: Huawei

Huawei kompaniyasi bugun MatePad Edge planshetini taqdim etdi. Bu gibrid qurilma bo‘lib, klaviaturali stend yordamida noutbuk sifatida ishlatilishi mumkin.

Planshet 14,2 dyuymli OLED ekran, 3120 × 2080 piksel o‘lcham va 120 Gts yangilanish tezligini qo‘llab-quvvatlaydi. Kompaniya ushbu qurilmada 4,1 mm ramka va kamera uchun teshiksiz dizaynga urg‘u bergan.

Qurilmada Kirin X90/X90A tizimli chip, 10 yadroli CPU va 10 yadroli Ma Liang 920 GPU mavjud. Planshet 16–32 GB tezkor xotira va 256 GB–2 TB saqlash imkoniyatiga ega.

Foto: Huawei

Qurilmadagi ikkita asosiy kamera (50 MP va 8 MP) va 12 900 mA/soat batareya, 140 Vt tezkor quvvatlash va 40 Vt qaytarma quvvatlashni qo‘llab-quvvatlaydi.

Faol sovitish tizimi ikki ventilyator, ikki bug‘lanish kamerasidan iborat. O‘lchamlari 312×212×6,85 mm, og‘irligi esa 789 gr. Narxi konfiguratsiyaga qarab $840 dan $1120 gacha bo’lib, $1400 qiymatdagi versiyada yuqori konfiguratsiya bilan birga klaviatura stendi va Soft-Light ekran qo‘shib beriladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq kompaniyaning MatePad Pro 2026 plansheti kompyuter ilovalarini qo‘llab-quvvatlashi haqida yozgan edik.

Shuningdek