
Huawei kompaniyasi bugun MatePad Edge planshetini taqdim etdi. Bu gibrid qurilma bo‘lib, klaviaturali stend yordamida noutbuk sifatida ishlatilishi mumkin.
Planshet 14,2 dyuymli OLED ekran, 3120 × 2080 piksel o‘lcham va 120 Gts yangilanish tezligini qo‘llab-quvvatlaydi. Kompaniya ushbu qurilmada 4,1 mm ramka va kamera uchun teshiksiz dizaynga urg‘u bergan.
Qurilmada Kirin X90/X90A tizimli chip, 10 yadroli CPU va 10 yadroli Ma Liang 920 GPU mavjud. Planshet 16–32 GB tezkor xotira va 256 GB–2 TB saqlash imkoniyatiga ega.

Qurilmadagi ikkita asosiy kamera (50 MP va 8 MP) va 12 900 mA/soat batareya, 140 Vt tezkor quvvatlash va 40 Vt qaytarma quvvatlashni qo‘llab-quvvatlaydi.
Faol sovitish tizimi ikki ventilyator, ikki bug‘lanish kamerasidan iborat. O‘lchamlari 312×212×6,85 mm, og‘irligi esa 789 gr. Narxi konfiguratsiyaga qarab $840 dan $1120 gacha bo’lib, $1400 qiymatdagi versiyada yuqori konfiguratsiya bilan birga klaviatura stendi va Soft-Light ekran qo‘shib beriladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq kompaniyaning MatePad Pro 2026 plansheti kompyuter ilovalarini qo‘llab-quvvatlashi haqida yozgan edik.