
Oppo kompaniyasining keyingi kompakt flagmani bo‘lgan Oppo Find X9s smartfoni haqida ilk ma’lumotlar tarqaldi. Bu haqda Notebookcheck nashri xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, smartfonning taqdimoti 2026-yil bahorida kutilmoqda. Find X9s MediaTek’ning hali taqdim etilmagan Dimensity 9500 Plus protsessori asosida ishlab chiqiladi. Yangi modelning eng katta yangilanishi kamera bo‘ladi. Qurilma 200 megapikselli Sony IMX09E asosiy moduliga ega bo‘ladi. Shuningdek, IMX09A sensori o‘rnatilgan 3 martalik optik zoomli periskop kamera ham bo‘ladi.
Smartfon taxminan 7000 mA/soat sig‘imli akkumulyatorga ega bo‘ladi va avvalgi model singari 6,3 dyuymli displey bilan chiqadi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Oppo K15 Turbo Pro qanday xususiyatlarga ega bo‘lishi haqida yozgan edi.