
Samsung Galaxy S25, S25+ va S25 Ultra modellariga mo‘ljallangan One UI 8.5 ning birinchi beta-versiyasi kompaniya serverlarida paydo bo‘ldi. Bu haqda ITHome xabar bermoqda.
Ushbu tizim ichki sinovlarning oxirgi bosqichiga kirganini anglatadi. Yaqin kunlarda ommaviy beta-versiya taqdim etilishi kutilmoqda.
Yangi One UI 8.5 ko‘plab funksiyalar va qulayliklar bilan yangilanishi aytilmoqda. Hozircha birinchi beta-versiya faqat Janubiy Koreya serverlarida mavjud. Ammo Samsung beta-dasturini faqat ichki bozorga cheklab qo‘ymaydi. Shuning uchun bu yangilanish tez orada boshqa mintaqalarda ham paydo bo‘ladi.
Beta versiya ZYKP raqamiga ega. U Galaxy S25, S25+ va S25 Ultra modellarida ishlaydi. Shu bilan birga, S25 Edge modeli bu versiyada qayd etilmagan. Avvalgi xabarlarga ko‘ra, Samsung One UI 8.5 ning beta-sinovini sentabr oxirida boshlab yuborishi rejalashtirilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Samsung o‘zining ilk aqlli ko‘zoynaklari haqida yangi ma’lumotlarni oshkor qilgani haqida yozgan edi.